Toshkentga yangi imom-xatib tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.

Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. 1992 yilda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Ish faoliyati davomida Nuriddin Xoliqnazarov Andijon viloyati Asaka shahri “Ahmadali Mahdum” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.

Shu paytgacha poytaxt bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelgan Rahimberdi domla Rahmonov “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ish faoliyatini davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent imom-xatib

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing