Ozdiruvchi vositalardan ehtiyot bo‘ling! Toshkentga taqiqlangan choy olib kirayotganlar ustidan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi bojxona postida tarkibida taqiqlangan moddani saqlaydigan 1,3 tonna ozdiruvchi choy, qahva hamda kapsulalar fosh qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Keles” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti, Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Markaziy bojxona laboratoriyasi xodimlari tomonidan tarkibida sibutramin nomli kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan yirik miqdordagi choy va qahvalarni olib kirishga bo‘lgan urinishning oldi olingan.

Toshkent shahridagi MCHJlardan birining nomiga keltirilgan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida ular orasidagi 4 xil turda qadoqlangan, og‘irligi esa 1 tonna 313 kilogrammdan ziyod bo‘lgan ozdiruvchi choy va qahvalar, kapsulalar bojxona xodimlarining diqqatini tortgan va ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaziy bojxona laboratoriyasiga taqdim qilingan.

Olib borilgan ekspertiza tahlillaridan so‘ng mazkur mahsulotlar tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlash mumkinki, semizlikni davolashda qo‘llaniladigan "Sibutramin" kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lib, yurak-qon tomir va asab tizimiga jiddiy nojo‘ya ta’sirlari va xavflari mavjud. Shu sababli dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur modda muomalasi cheklangan. Jumladan, O‘zbekistonda ham joriy yilning 6 yanvaridan e’tiboran "Sibutramin" kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning hattoki yarim grammi ham jinoiy harakatni tasniflashda ko‘p miqdor deb hisoblanadi.

QALAMPIR.UZ ushbu moddaning qanchalik zararli ekani va ozdiruvchi ichimliklarning nojo‘ya ta’sirlari, qolaversa, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorlagan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona sibutramin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing