Toshkentga mingga yaqin rossiyalik kelishi kutilmoqda

Sport

−

image

Xabaringiz bor,  Srechko Katanets boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Rossiya terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushadi. O‘yin “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston-Rossiya o‘yinini tomosha qilish uchun Rossiyadan mingga yaqin muxlislar O‘zbekistonga kelishi mumkin. O‘yin uchun mehmon tomonga 1000 ta kvota ajratilgan.  

“Chipta savdolari RFI veb-saytida va Rossiya terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi”, deb xabar berdi RFI matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Rossiya uchrashuvi 20 noyabr kuni soat 17:00da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing