Toshkentga kirishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindimi? IIV izoh berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 28 iyun kuni mahalliy elektron ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining Toshkent shahriga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarori bekor qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Unda komissiya yangi qaror qabul qilishi haqida aytilgan.

Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, maxsus komissiyaning Toshkentga kirish va chiqishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarori bekor qilinmagan.

“O‘zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining Toshkent shahriga kirish-chiqish bo‘yicha rasmiy cheklovlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar faqatgina rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi. Rasmiy bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi IIV xabarida.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha maxsus komissiya qaroriga o‘zgartirish kiritilmagan. Hozirda shaharga kirish nuqtalarida to‘siqlar o‘rnatilgan.

YHXBBdagi manbamizning ma’lum qilishicha, Respublikasi maxsus komissiyasining Toshkent shahriga kirish-chiqish bo‘yicha yangi qarori qabul qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent karantin

Baholaganlar

579

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing