Toshkentdan “Tashmore”gacha BRT tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2021
8339Toshkent shahri-Nurafshon shahri-Toshkent dengizi” yo‘nalishida avtobuslarni tezkor harakatini (BRT tizimi) tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining “Toshkent viloyatida jamoat transporti (keyingi o‘rinlarda BRT deb ataladi) xarakatini halqaro tajribalarni keng qo‘llagan holda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, Nurafshon shahridan Toshkentning Bektemir tumanigacha (4R2 “Toshkent shahri – Nurafshon shahri – Toshkent dengizi”) avtobuslarning tezkor xarakatini tashkil etish, ya’ni “Bus rapid transit” tizimida (keyingi o‘rinlarda - BRT tizimi) jamoat transportini tashkil etish loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun mahalliy byudjetdan 6,9 mlrd. so‘mga ajratish belgilangan.
Loyihani “Architectc enginttrs planners advisors” MCHJ amalga oshirishi belgilangan.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, ushbu MCHJ asosan qurilish faoliyati bilan shug‘ullanadi. 3 mln so‘m ustav kapitaliga ega kompaniya joriy yil aprel oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. MCHJni turkiyalik Savas Erisen, (33,40 foiz), Goktug Chihan Mazlum (33,30 foiz) va Shimsek Orxun (33,30 foiz) ta’sis qilgan.
LiveBarchasi