Toshkentdan Orlovdagi o‘zbekistonlik migrantlar urushga chaqirilgani bo‘yicha munosabat bidirildi

Olam

image

Orlov viloyatida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar safarbarlikka jalb qilinayotgani, ularga chaqiruv qog‘ozi yuborilgani va urushga jalb qilinayotgani holati O‘zbekiston Respublikasii Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda agentlikning Telegram-kanalida xabar berildi. 

“Rossiya Federatsiyasining Orlov viloyatida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini safarbarlikka jalb qilish uchun chaqiruvlar kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar munosabati bilan, mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nazoratga olindi va tashkilot rahbariyati hamda fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilib, voqea joyiga yo‘l olindi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, o‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlaridan harbiy harakatlarga aralashmaslikni, nizoli hududlarga bormaslikni hamda bunday holatlarga duch kelsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa vakolatli tashkilotlaga murojaat qilishni so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, Orlovdagi “EkoSiti” aksiyadorlik jamiyati chiqindilarni qayta ishlash korxonasi xodimlari safarbarlik uchun chaqiruv olishdi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar orasida 50 kishi bo‘lib, ularning yarmi O‘zbekiston fuqarolaridir. Ushbu dahshatli fakt haqida korxona rahbari Yuriy Paraxin ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

safarbarlik

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing