Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airwaysʼning Toshkent – Nyu-York reysi bortida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, chaqiriqqa yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh yo‘naltirilgan. Bir oz vaqt o‘tib, yo‘lovchi o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan. 

Samolyot ushbu hodisadan so‘ng, Islandiyaga majburiy qo‘ngan. 

“Shu munosabat bilan ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘nish qarorini qabul qildi”, deyiladi xabarda. 

Samolyot muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, tibbiyot xodimlari bortga ko‘tarilib, yo‘lovchiga zarur yordam ko‘rsatgan. Ona va chaqaloq mahalliy klinikaga yetkazilgan.

Aviakompaniya ushbu voqea bilan yo‘lovchi oilasini tabriklagan. 

“Uzbekistan Airways ushbu ajoyib voqea bilan baxtiyor oilani tabriklaydi! Shuningdek, ekipaj va tibbiy xodimlarga o‘zlarining professionalligi va hamjihatlikda ko‘rsatgan yordamlari uchun chuqur minnatdorlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprelda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkent-Istanbul reysi bo‘yicha uchgan samolyotda qirg‘izistonlik ayolning ko‘zi yorigandi. Samolyot Turkiya havo hududiga kirgach, Qirg‘iziston fuqarosi Sitora Abdumannopovaning tug‘ruq og‘riqlari kuchaygan. 27 yoshli homilador ayol samolyotda mos joyga o‘tkazilib, tug‘ruqqa tayyorgarlik boshlangan. Samolyot kapitani yo‘lovchilar orasida shifokor bor-yo‘qligini bilish maqsadida e’lon qilgan. Tug‘ilish jarayonida kabina ekipaji yordam bergan. 28 haftada tug‘ilgan chaqaloq o‘g‘il bola ekani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot N'yu-York Uzbekistan Airways

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing