Toshkentdan Gulistonga kirish yo‘li o‘zgardi

Jamiyat

image

Karantin cheklovlari vaqtida Guliston shahriga kiruvchi transport vositalari oqimi ko‘payib ketishi natijasida shaharga olib kiruvchi va chiquvchi yo‘l o‘tkazgich ko‘prikka olib chiqish qismida transport vositalarini tirbandligi kuzatilmoqda.

Bu tinbandlik esa o‘z navbatida Toshkent-Termiz yo‘nalishida harakatlanuvchi haydovchilarga noqulaylik ug‘diryapti.

Shu sababli viloyat Maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 29 iyul kuni soat 17:00 dan boshlab Toshkent-Guliston M-34 yo‘lining Guliston shahriga kirish, ya’ni yo‘l o‘tkazgich ko‘prik oldidan transport vositalari uchun to‘liq yopiladi. 

Guliston shahriga transport vositasida faqatgina Mirzaobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (mol bozor) 4R-18A va 4R28A avtomobil yo‘llari orqali kirib keladi.

1


Maqola muallifi

Teglar

yo'l Toshkent-Guliston

Baholaganlar

222

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing