Toshkentdan Andijonga poyezd qatnovi vaqtincha to‘xtatildi
Jamiyat
−
05 may 2022 9802 1 daqiqa
Bugun, 5 may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha, ya’ni bir kunga to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.
Yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda qaytarib beriladi.
Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi bois, poyezdlar harakati hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida shunday choralar ko‘rilgan.