Toshkentdagi “zapravka”da mashina yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
03 Noyabr 2020 16112 1 daqiqa
Bugun, 3 noyabr kuni Toshkent tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasidagi, Gilamsaroy oldida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida yong‘in yuz berdi.
QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, soat 19:30 larda AGTKSHda gaz to‘ldirgan mikroven (kichik hajmli yuk mashina) yongan.
Taxminlarga ko‘ra, yong‘in gaz to‘ldirgandan keyin, avtomobilni o‘t oldirganda ballondan gaz sizib chiqishi natijasida yuz bergan.
Hodisada jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr