Toshkentdagi YTHda Ozarbayjon fuqarosi vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 10 aprel kuni poytaxt Toshkentda navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda Ozarbayjon fuqarosi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabyuar bermoqda. 

YTH 10 aprel kuni taxminan soat 16.40 da Mirobod tumani Mehrjon ko‘chasida (Dilkash kafesi qarshisida) sodir bo‘lgan. 

65 yoshli Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi Xalik K. ishonchnoma asosida boshqargan Lacetti va 28 yoshli Shohruh M. ishonchnoma asosida boshqargan Malibu avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga Lacetti haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

YTH oqibatida Lacetti yo‘lovchisi 63 yoshli Nuroniya V. hamda ikkala avtomobil haydovchilari turli darajadagi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilganlar. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, Lacetti haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing