Sergelidagi YTHda noma’lum shaxs qurbon bo‘ldi. IIBB uning tanishlarini qidiryapti

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan shaxsi noma’lum fuqaroning yaqinlarini qidiryapti.

IIBB tarqatgan xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 20 iyun kuni Sergeli tumani Toshkent avtomobil yo‘lida Labo rusumli mashinaning 23 yoshli haydovichisi Davron M. yo‘lni tegishli bo‘lmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani bosib ketgan.

YTH natijasida haydovchi ham, yo‘lovchi ham tan jarohati olgan va voqeaga guvoh haydovchilar yordamida shifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanuvchi shifokorlar urinishiga qaramay vafot etgan. Ammo uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hech bir hujjat bo‘lmagan.

Qurbonning belgilari: 50-60 yosh atrofida, bo‘yi 170-175 sm, qaddi-qomati o‘rtacha, osiyolik, yuzi yumaloq, burnida xollari bor, ikki chakkasida sochi to‘kilgan. Egnida kulrang futbolka va ko‘k jinsi kiygan.

“Tergovga marhumning shaxsini aniqlashda yordam beruvchi barchani Sergeli tumani IIO FMBga quyidagi telefon raqamlari orqali ma’lumot berishingizni so‘raymiz: 71-258-02-42, 71-258-05-02”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIBB Sergeli tumani

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing