Toshkentdagi YTHda Korzinka.uz avtofurgoni yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkentda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘iga tegishli avtofurgon va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natija ikki avtomobil ham yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Hodisa bugun, 18 noyabr kuni taxminan soat 09:30 da Sergeli tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li va Qumariq ko‘chasi kesishmasida sodir bo‘lgan.  

Matiz rusumli avtomobil haydovchisi 39 yoshli Hamidulla M. svetoforning ruxsat beruvchi belgisiga chorrahaga chiqqanida, avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan va svetoforning sariq chirog‘iga harakatlangan 49 yoshli Olimjon D.ning Matiz rusumli avtomobiliga to‘qnashgan. Shundan so‘ng Hamidulla M. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 22 yoshli Nikita S. boshqaruvidagi SHK “Anglesey Food”ga tegishli bo‘lgan ISUZI NQR 71PL rusumli avtofurgonga to‘qnashgan. 

To‘qnashuvda zarba gaz balloniga to‘g‘ri kelganligi sababli, yong‘in yuzaga kelgan.

Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing