Toshkentdagi YTHda 23 yoshli yo‘lovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 17 avgust kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 23 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 02:40 da Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida 20 yoshli haydovchi S.A. davlat raqam belgisi 01 G 729 GB bo‘lgan Nexia avtomobilida harakatlanib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

YTH oqibatida haydovchi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq 23 yoshli yo‘lovchi E.R. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent shahri

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing