Toshkentdagi yana bir ko‘cha 2 kunga yopildi
Jamiyat
−
22 may 2901 1 daqiqa
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan biri qurilish-ta’mirlash ishlari sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilish-ta’mirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasidan Katta Darxon ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi bugun, 22 may soat 15:00 dan 24 may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari uchun yopildi.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida “Talabalar festivali” o‘tkazilishi munosabati bilan 19 may soat 20:00 dan 23 may soat 00:00 gacha Olmazor tumanining Farobiy ko‘chasi Universitet ko‘chasi kesishmasidan Talabalar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchlalik yopilishi xabar qilingandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr