Toshkentdagi uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat
−
02 yanvar 2024
7586Toshkent viloyatidagi uylardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 18:18 da Toshkent tumani, “Oltintepa” mahallasi Zabardast-5 ko‘chasida joylashgan 11-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ekipajlar soat 18:21da yetib borgan. Yong‘in 70 kv.m maydonga tarqalgan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 18:45da o‘rab olinib, soat 19:25da o‘chirilgan. Xonadonning 150 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatidan halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q, uyning tom qismi va romlari butun qolgan.
"Hozirgi vaqtda yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida mahalla aholisi, qo‘ni-qo‘shnilar tomonidan hashar ishlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Piskent tumanida parrandachilik fermasi yonib ketgandi.
LiveBarchasi