Toshkentdagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
29 avgust 2024
3251Bugun, 29 avgust kuni Toshkent viloyatidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 00:35 da FVB Tezkor boshqaruv markaziga Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmullo o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Bo‘stonliq tumani “Ma’rifat” MFY, Burchmullo o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda 1,5 gektar maydonda yuzaga kelib, oqibatda ushbu hududdagi quruq o‘t va shox-shabba yongan.
Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yong‘in soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida yong‘in chiqqandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar