Toshkentdagi uchta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
13 iyul 2022
7696Toshkent shahrida harakatlanuvchi 50-, 109A- va 86-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati va jadvallari soniga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.
O‘zgarishlarga muvofiq, “5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 50-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha - M.Yusuf ko‘chasi” avtobus yo‘nalishining harakati do‘rmon yo‘li ko‘chasidan T.Malik, Binokor, Milliy bog‘ ko‘chalari orqali “Chingeldi mahallasi” bekatigacha tashkil etilib, yo‘nalish 50-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha - Chingeldi mahallasi” avtobus yo‘nalishi deb nomlangan va yo‘nalishdagi jadvallar soni haftaning barcha kunlariga 5(+1) ta etib belgilangan.
“8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 109A-sonli “Chiqursoy temir yo‘l stansiyasi - Chorsu metrosi” avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Qorasaroy, A.Qodiriy, Zarqaynar ko‘chalari orqali “Chorsu metrosi” bekatigacha tashkil etilib, qaytish yo‘nalishi o‘zgartirishsiz qoldirilgan.
“12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 86-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha - Chilonzor buyum bozori” avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha, yo‘nalishdagi jadvallar soni shanba va yakshanba kunlariga 4(+2) tadan etib belgilangan.
LiveBarchasi