Toshkentdagi tunnelda Gentra yonib kul bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 26 iyun kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida Gentra rusumli mashina to‘liq yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 11:29 da shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida Gentra avtomobili yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:37 da yetib borib, yong‘in soat 11:40 da o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida Spark mashinasi to‘liq yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing