Toshkentda Spark yonib kulga aylandi
3-sahifa
−
25 iyun 2025 5370 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Spark mashinasi to‘liq yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 09:34 da Porloq ko‘chasida Spark rusumli avtomobil yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 09:42 da yetib borib, yong‘in soat 09:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida Spark avtomobili to‘liq yonib zararlangan hamda uning yonida turgan Cobalt avtomobilining yon tomoni yonib ketgan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahridagi avtoturargohda Lacetti, Captiva va Nexia avtomobili yonib ketgandi.
Live
Barchasi