Toshkentdagi tungi klubda mijoz menejerning ko‘ziga og‘ir jarohat yetkazdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi tungi klublardan birida mijoz menejer qizning yuziga atayin “xlopushka” otgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 17 iyul kuni taxminan soat 02:00 da Yashnobod tumanidagi tungi klublarning birida sodir bo‘lgan. 1980 yilda tug‘ilgan A.R. shu klubning ishchisi, 2000 yilda tug‘ilgan M.K.ning yuz qismiga paqildoq (xlopushka) otgan. Oqibatda fuqaro ko‘z olmasi og‘ir darajali kontuziyasi, yuqori qovoq, burun yuzasi va peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi hamda shilingan jarohati tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda bemor shifokorlar nazoratiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida dahshatli janjal sodir bo‘lgandi. Oqibatda bir erkak bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB tungi klub menejer qiz xlopushka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing