Toshkentdagi tarixiy maqbara joylashgan qishloq chiqindixonaga aylandimi? 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chorvoq” suv ombori sohilidagi Shayx Umar Vali maqbarasi ziyoratgohi joylashgan Bog‘iston qishlog‘i chiqindixonaga aylanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.

Madaniy meros agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassislari joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib borgan. 

Qayd etilishicha, Shayx Umar Vali Bog‘istoniy ziyoratgohi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori bilan muhofazaga olingan.

Ziyoratgoh joylashgan hududda hozirgi vaqtda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashrif buyuruvchilar uchun chiqindilar tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilgan hamda biriktirilgan xodimlar tomonidan muntazam ravishda nazorat olib borilmoqda.

“Viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qadimiy obida ko‘zdan kechirilganida mehmonlar uchun oshxona, tahoratxona va yuvinish xonalari doimiy ozoda saqlab kelinayotgani ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Bog‘iston” mahallasida joylashgan Shayx Umar Vali Bog‘istoniy yodgorligi VII-XV asrlarga oid ziyoratgoh hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olingani,shuningdek, u yetkazilgan zararni uch karra miqdorda qoplanganligi sababli garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qishloq maqbara tarixiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made