Toshkentdagi suv toshqini sabab ayrim hududlarda jamoat transporti vaqtincha cheklanadi
Jamiyat
−
03 iyul 2024 10621 1 daqiqa
Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ko‘chada suv toshishi oqibatida jamoat transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 iyul kuni Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalarida suv quvuri yorilib, toshganligi oqibatida mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosgani haqda xabar berilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust