Toshkentdagi suv havzalarida kasallanish haqidagi xabarlar rad etildi
Jamiyat
−
30 iyul 1218 1 daqiqa
Toshkentdagi suv havzalarida cho‘milish oqibatida fuqarolar ommaviy kasallanayotgani haqidagi tarqalgan xabarlar rad etildi. Bu haqda Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi suv havzalarida cho‘milish oqibatida fuqarolar ommaviy kasallanayotgani haqidagi xabarlari urchidi. Bunga javoban esa Toshkent shahar “SES” boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda qayd etilishicha, poytaxtda faoliyat yuritayotgan 57 ta cho‘milish havzasi boshqarma va uning tuman bo‘limlari tomonidan muntazam sanitariya-epidemiologik nazoratdan o‘tkazib kelinmoqda. Tasdiqlangan reja asosida suv namunalari har oy bakteriologik hamda sanitariya-gigiyenik ko‘rsatkichlar bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil davomida cho‘milish havzalaridan olingan 1 044 ta suv namunasi tahlil qilingan. Sanitariya talablariga javob bermagan 7 ta mavsumiy cho‘milish havzasida esa suv to‘liq almashtirilib, yuvish va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.
Shuningdek, bugungi kungacha suv havzalarida cho‘milish oqibatida zaharlanish yoki yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq birorta ham shoshilinch xabarnoma Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga kelib tushmagani ta’kidlangan.
Shu munosabat bilan boshqarma ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bunday xabarlar tasdiqlanmaganini bildirib, fuqarolarni asossiz ma’lumotlarga ishonmaslik, ularni tarqatmaslik hamda faqat rasmiy manbalardagi axborotlarga tayanishga chaqirgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust