Toshkentdagi serqatnov ko‘chalardan biri 14 kunga yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bir qismi ikki haftaga yopiladi. Bu haqda “Toshissiqquvati” DUK xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi doirasida va Yashnobod tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan, 15 iyundan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Munis ko‘chasi va KXAY (ko‘prik) qismidan o‘tgan magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlanadi. 

“Ta’mirlash ishlari 14 kun davomida, axoliga issiq suv ta’minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi. Ish jarayonida Farg‘ona yo‘li ko‘chasining KXAY ko‘chasidan Munis ko‘chasigacha yunalishining bir qismi yopiladi va ushbu yo‘nalishda avtotransport qatnovi o‘ng tamondagi qo‘shimcha yo‘l orqali amalga oshiriladi”, deyilgan xabarda.

FOTO

Shu munosabat bilan xaydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etilyapti.

“Toshissiqquvvati” DUK yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklar va noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarga.

Avvalroq, Mirobod tumanidagi Haydar Aliyev ko‘chasining bir qismi bir hafta muddatga yopilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Farg'ona yo'li

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing