Toshkentdagi omborda yong‘in chiqdi. Alanga 7 soatda o‘chirildi

3-sahifa

image
Kecha, 18 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan "Oriyent logistik sentr" qo‘shma korxonasi hududida joylashgan motor moy mahsulotlari (bochkalarda) omborida yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar FVBga soat 20:45 da xabar kelib tushgan.
 
Shunga ko‘ra 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:49 da qurshab olingan va 19 mart, soat 03:30 da bartaraf etilgan.
 
Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 2000 kv.m maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.
 
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
 
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in ombor

Baholaganlar

534

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing