Toshkentdagi ochiq maydonga o‘t ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 24 may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida ochiq maydondagi quruq o‘t yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:33 da tumanning Farobiy ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:31 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Nissan rusumli mashina yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in quruq o't

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing