Toshkentdagi mudhish YTH haqida rasmiy xabar berildi. Qurbon “Ko‘prik ta’mirlash” boshqarmasi ishchisi bo‘lgan

Jamiyat

image

Biroz avval, joriy yilning 30 avgust kuni poytaxtda mudhish YTH sodir bo‘lgani, ushbu YTH oqibatida 25 yashar yigit vafot etgani haqida xabar bergan edik. Oradan sutkadan ortiq vaqt o‘tib, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakat xavfsizligi bosh boshqarmasi ushbu YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 30 avgust kuni soat 00:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan “Yalpiz” kafesi  qarshisida sodir bo‘lgan. 

1989 yilda tug‘ilgan haydovchi D.T. Nexia-3 rusumli avtomobil yoritish chiroqlarini o‘chirib, tezligini me’yoridan oshirib, mast holda boshqarib ketayotib, ko‘prikka tushish joyida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli to‘siq bilan to‘silgan temir panjarani urib o‘tib, harakati davomida piyoda “Ko‘prik ta’mirlash” boshqarmasi ishchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 1994 yilda tug‘ilgan A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

QALAMPIR.UZ tasnifiga ko‘ra, ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan malakalanib, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing