Toshkentdagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topildi
3-sahifa
−
13 fevral
26669Toshkentdagi maktab hududida 3-cinf o‘quvchisi o‘lik holatda topildi. Bu haqda “Millar“ dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 10 fevral kuni kechki soat 20:00 lar atrofida poytaxtning Yunusobod tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, maktabning 3-cinf o‘quvchisi, 10 yoshli bola futbol o‘ynash uchun maktabning sport maydoniga kelgan. Shu vaqtda u maydonda bo‘lgan yigitlarga hojatxonaga borishini aytgan. Ammo oradan vaqt o‘tib, bola qaytib kelmagach, maydondagi yigitlar uni qidirgan hamda o‘quvchini maydon oldidagi devor yonidan hushsiz holda topgan.
Shundan so‘ng, maktab direktori o‘rinbosari kelib, bolani darhol yo‘lovchi mashinada shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar bolaga klinik o‘lim tashxisini qo‘ygan.
Hozirda marhum bolaning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
"Bola dars jarayonida vafot etmagan. Holat shanba kuni yuz bergan, bu kuni boshlang‘ichlarga dars bo‘lmaydi. O‘g‘lim bilan parallel sinfda o‘qiydi. Har kuni birga kelib futbol o‘ynashadi. Mahallamizda bolalar maydonchasi yo‘q. Kameralar faqat maktabga kirish joyida bor", deydi ta’lim maskani atrofida yashovchi onalardan biri.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi