Toshkentdagi maktab oldida drift qilgan Mercedes-Benz haydovchisiga chora ko‘rildi (video)
3-sahifa
−
26 Oktabr
5281Avvalroq, Toshkent shahrida Mercedes-Benz rusumli mashina haydovchisi avtomobilida maktab binosi oldida xavfli harakatlar sodir qilgani haqida QALAMPIR.UZ'ga xabar kelib tushgandi. Qoidabuzar haydovchiga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlikni 27 yoshli Nodir ismli shaxs sodir etgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 prim 5-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan BMW rusumli avtomashina haydovchisiga qonuniy chora ko‘rilgandi. U ham xavfli harakatlarni sodir qilgandi. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi (Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgandi.
LiveBarchasi