Toshkentdagi mahallalardan birida karantin choralari kuchaytirildi
Jamiyat
−
14 may 2020 16496 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ulug‘bek” MFY hududida COVID-19 bilan kasallangan va ular bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar soni keskin oshib borayotganligi sababli karantin qoidalari kuchaytirildi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mahalla hududidagi barcha kirish va chiqish yo‘llari blok postlari tashkil etilgan holda to‘liq yopilgan. Ushbu hududda tunu-kun navbatchilik tashkil etilib, qat’iy nazoratga olingan.
“Fuqarolarning karantin davrida uydan faqatgina dori vositalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena himoya vositalaridan foydalangan holda chiqishlariga ruxsat etiladi”, deyiladi xabarda.
“Ulug‘bek” mahallasi hududida aholi talabidan kelib chiqqan holda, arzonlashtirilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etiladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr