Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan biri yonib ketdi (video)

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 7 may kuni soat 09:13 da Yunusobod tumani “Sevinch” MFYdagi  ko‘p qavatli uylarning birida, xonadon balkonidagi uy jihozlarida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘indan uyning ushbu qismidagi 10 kvadrat maydoni zararlangan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borgan hamda qisqa fursatlarda yong‘in bartaraf etilgan. Qutqaruvchilar tomonidan uyning 60 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. 

Qayd etilishicha, ushbu holatning kelib chiqishiga yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. 

Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

370

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing