Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
12 avgust 5244 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumani "Abay" MFY Roxat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar universiteti xabar berdi.
Soat 11:57 da yong‘in haqida Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgach, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 12:06 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in qisqa vaqt ichida, soat 12:12 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonadondagi uy-jihozlari va ichki qismning 20 kvadrat metr maydoni zararlangan. Tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Hozircha yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi