Toshkentdagi kuchli chang bo‘roniga nima sabab bo‘layotgani ochiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

So‘nggi kunlarda Ruspublika hududlari, xususan, Toshkent shahrida kuzatilayotgan shamol kuchli qum bo‘ronlarini keltirib chiqarmoqda. O‘zgidromet ushbu holat yuzasidan tushuntirish berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent qurg‘oqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda va Toshkent shahrida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tariladi.

Ushbu yilning may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir nechta changli bo‘ron hodisalari kuzatildi. Toshkentda ham 29 may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli bo‘ron kuzatildi.

“Barchaga yaxshi ma’lumki, kuchli jala yomg‘irlari kuzatilganda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel toshqinlari vujudga keladi. Changli bo‘ron — bu atmosfera hodisasi bo‘lib, yer yuzidan katta miqdordagi qum va changlarni kuchli shamol ta’sirida ko‘tarilishi. Bizning hududimizda bunday jarayonlar ko‘pincha bahorda va yozning boshida rivojlanadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barcha hududlari uchun changli bo‘ron juda tez-tez uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha bunday hodisalar qurg‘oqchil hududlarda — cho‘l va yarim cho‘l hududlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing