Toshkentdagi ko‘chalardan biri yil oxirigacha qisman yopiladi
Jamiyat
−
01 dekabr 2020
5799Yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 2020 yil 31 dekabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Yong‘in-qutqaruv qismi (“O‘zbek qog‘ozi” OAJ) yaqinidagi qismi harakatlanish uchun qisman yopiladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Nukus ko‘chasi va KXAY tomonidan Yong‘in-qutqaruv qismi (“O‘zbek qog‘ozi” OAJ) yo‘nalishida harakatlanayotgan avtotransport vositalari oqimi Qo‘shko‘prik ko‘chasiga yo‘naltiriladi.
“O‘zbek qog‘ozi” OAJ tomonidan KXAY va Nukus ko‘chalari yo‘nalishida ketayotgan avtotransport vositalari oqimining harakati o‘zgarishsiz qoladi.
Hokimlik tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.
LiveBarchasi