Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati 14 kunga cheklanadi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
8860Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining Olmazor tumanidan o‘tgan bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK ma’lum qildi.
2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi doirasida 2 iyuldan boshlab Olmazor tumani KHAY ko‘chasining Farobiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishdagi magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlanayotgani sabab bo‘ladi.
“Ushbu magistral issiqlik tarmog‘i 1986 yili qurilgan bo‘lib, issiqlik tarmog‘ining kapital ta’mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 30dan ortiq avariya holatlari qayd etildi”, deydi “Toshissiqquvvati”.
Ta’mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta’minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi. Ish jarayonida KXAY ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishi qisman yopiladi va avtotransport vositalari qatnovi KXAY ko‘chasining Farobiy ko‘chasidan Beruniy ko‘chasigacha bo‘lgan tomonida ko‘chani ikkiga bo‘lgan holda amalga oshiriladi.
“Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. “Toshissiqquvvati” DUK yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklar va noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi