Toshkentdagi ko‘cha deyarli 1,5 oyga yopildi
Jamiyat
−
25 mart
44382025 yil 21 martdan 1 mayga qadar Toshkent shahri Shayxontohur tumanining Shofayzi ko‘chasi avtotransport harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘chaning yopilishiga “Daryo Bo‘yi Business City” loyihasi doirasida Janggoh, Chuqurko‘prik va Zaxariq ochiq kollektorlarining yopilishi, shuningdek, avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi sabab bo‘lgan.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni, hamda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 20 mart kuni 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich “A” guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuv bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yopilgandi.
LiveBarchasi