Toshkentdagi ko‘cha 1 oyga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining “Yangi O‘zbekiston” bog‘i manzilida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilayotgani va qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ushbu ko‘chaning bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 9 iyul kuni soat 07:00 dan joriy yilning 9 avgust kuniga qadar Yangi O‘zbekiston yo‘lining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi.  Avtoulovlar harakati “Yangi O‘zbekiston” bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali Milliy bog‘ ko‘chasiga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 3 iyul kunidan boshlab Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi O'zbekiston ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing