Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, oqava suv tarmoqlarini yotqizish ishlari sababli Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Jasorat ko‘chasi kesishmasidan uch qavatli ko‘prikkacha bo‘lgan qismi bugun, 2 oktyabr 22:00 dan 3 oktyabr 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli uning ma’lum bir qismi 3 kunga yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangi O'zbekiston ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing