Toshkentdagi yana bir ko‘cha yopildi
Jamiyat
−
04 iyul 5066 1 daqiqa
Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 3 iyul kunidan boshlab Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari sababli TXAY-Ohangaron shoh ko‘chalari aylanma harakatidan-Ohangaron shoh ko‘chasi bo‘ylab Sharq YPX maskanigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Ushbu yo‘llarda harakat cheklanishi 3 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar davom etadi.
“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, Xusayn Boyqaro, Parkent yo‘li, Xonobodtepa, Shoximardon ko‘chalaridan harakatlanishlari tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, qurilish va ta’mirlash ishlari sababli 2 iyul kuni soat 12:00 dan 5 iyul kuni soat 8:00 ga qadar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sodiq Azimov ko‘chasi va “O‘zbekiston ovozi” ko‘chalari kesishmasi vaqtincha yopilgandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr