Toshkentdagi konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 28 noyabr kuni Toshkent shahridagi konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 22:59 da Yunusobod tumani, Istiqbol ko‘chasida konteyner yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 23:05 da yetib borib, yong‘in soat 23:08 da o‘chirilgan.

Konteynerda Toshkent shahridagi Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli obodonlashtirish xodimlarining kunlik ish jihozlari vaqtinchalik saqlangan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

“Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan sexda yong‘in bo‘lgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing