Toshkentdagi xonadonlarga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 20 oktyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:54 da Shayxontohur tumanining “Gulbozor” MFY Bildirish tor ko‘chasida Ko‘kaldosh masjidi orqasida qurilgan shaxsiy xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:33 da qurshab olingan va soat 17:40 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumani hududida joylashgan besh yulduzli mehmonxonada yong‘in chiqqandi. 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, yong‘in soat 18:19 da qurshab olingan va soat 19:16 da bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Shayxontohur tumani Toshkent shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made