Toshkentdagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 8 may kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 14:40 da Toshkent shahar Mirobod tumani Sarakul ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:50 da yetib borib, yong‘in soat 14:57 da qurshab olinib, soat 15:04 da o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadon yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing