Toshkentdagi KFC jarimaga tortildi
3-sahifa
−
17 mart
10067Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan “International Foodchain” MCHJ (KFC), “UNG PETRO” MCHJ (CARVON), Central Asia Voyages-cav” MCHJ va “Hamkor Reklama Servis” MCHJga moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, olib borilgan o‘rganish natijalariga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan bir necha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilingan.
“Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan "Coscom" MCHJ (Ucell)ga moliyaviy jarima qo‘llanilgandi.
LiveBarchasi