Toshkentdagi kafeda yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
19 yanvar 2022 9487 1 daqiqa
Kecha, 18 yanvar kuni soat 18:08 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan hozirda ish faoliyati to‘xtatilgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Shahar FVBga shu haqda xabar kelib tushishi bilan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:15 da yetib borib, yong‘in soat 18:30 da qurshab olingan va soat 18:33 da bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in natijasida bino ichidagi tahminan 50 kv.m. maydonda chiqindilar yongan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.