Toshkentdagi festivalda maoshi 10–15 mln so‘mlik ishlarga nomzodlar tanlanadi

Jamiyat

image

“Toshkent 5 tashabbus harakati” festivalida oylik maoshi 10–15 million so‘m bo‘lgan vakant o‘rinlarga nomzodlar tanlab olinadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova aytib o‘tdi.

QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, Rahimova yoshlar festivali doirasida tashkil qilingan matbuot anjumanida yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga to‘xtaldi.

“Festivalda bandlik yo‘nalishida ham shou ko‘rinishidagi tadbir bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda xususiy kompaniya vakillari tadbir ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar orasidan o‘zlariga kerakli bo‘lgan kadrlarni saralab olish maqsadida seleksiya o‘tkazadi. Yoshlar o‘zlarini kadr sifatida taqdim qiladi va ularning ma’qullari kompaniyalar tomonidan tanlab olinadi.

Bu festival doirasida biz yoshlar uchun eng yuqori maoshli ishlarni taklif qilamiz. Ya’ni oylik maoshi 10-15 million so‘mgacha bo‘lgan ishlar taklif qilinadi. Yoshlar ham shu darajadagi lavozim talablariga javob berishi kerak bo‘ladi. Talabga javob berganlar ish bilan ta’minlanadi”, deya ta’kidladi Durdona Rahimova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu festival uchun 1 mlrd so‘m ajratilgani va ushbu mablag‘ oshib borishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

462

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing