Toshkentdagi falokat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi – Bosh prokuratura

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida savdo majmuasi qurilish maydonida metall konstruksiya ag‘darilgani natijada 4 ishchi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 28 avgust kuni Olmazor tumani, Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan savdo majumasi binosining metall bilan yopilgan tom qismi kulab tushushi oqibatida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarayotgan 4 nafar ishchi og‘ir turdagi tan jarohatlari olib, vafot etgan. 2 nafar ishchi esa hodisa joyida bo‘lgan fuqarolarning ko‘magi ostida shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, jabrlangan ikki nafar ishchi hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bosh prokuratura favqulodda vaziyat

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing