Toshkentdagi eng tirband ko‘chalardan biri 40 kunga yopiladi

Jamiyat

image

Magistral issiqlik quvurini yangilash ishlari olib borilishi sababli Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘li vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Yakkasaroy tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Veolia Energy Tashkent” XK MCHJ tomonidan 25 iyul kuni soat 00:00 da Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan diametri 530 mm, umumiy uzunligi 1 540 metr bo‘lgan magistral issiqlik quvurini yangilash ishlari olib boriladi.

Mazkur qurilish-montaj ishlarini xavfsiz va sifatli amalga oshirish maqsadida 40 kun davomida yo‘lning ikki harakatlanish yo‘lagida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Shu munosabat bilan haydovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘nalishlardan foydalanish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (tezkor avtobus transporti) yo‘lagini tashkil etish ishlari boshlanishi va shu munosabat bilan mazkur ko‘chada transport harakati 17 kunga qisman cheklanishi haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing