Toshkentdagi do‘konga o‘t ketdi
3-sahifa
−
11:02
3789Bugun, 22 dekabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi shirinliklar do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 09:54 da Chilonzor tumani Chilonzor 6-dahasida joylashgan shirinliklar do‘konining tom qismi yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 09:57 da yetib borib, 10:01 da qurshab olinib, yong‘in soat 10:04 da o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Bildirilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi salidor va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgandi.
LiveBarchasi