Toshkentdagi “dom podvali” o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgani aytildi
Jamiyat
−
23 fevral 2023
9763Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning Labzak dahasidagi “1-a” uyning yerto‘lasi tegishli talablarni buzgan holatda o‘zgartirilgan. Fuqaro loyiha hujjatlaridan chetga chiqqan holda binoning tayanch devorlari hamda kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvini o‘zgartir gan.
“Nazorat inspeksiya tomonidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda binoni o‘z holiga qaytarish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari amalga oshirilishi ta’kidlangan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ko‘p qavatli uy tomiga “uchastka” qurilgani aniqlangan hamda ularga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan edi.
LiveBarchasi